YouTube yangi dizayn va funksiyalar bilan o‘zgartirilmoqda
Foydalanuvchilar videotasvirni barmoqlari bilan yoyib, kattalashtirib tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: ixbt.com
Google kompaniyasi YouTube pleyerining barcha qurilmalar uchun dizayni o‘zgartirilayotganini e’lon qildi. Bu haqda YouTube blogida ma’lum qilingan.
YouTube’dagi videoroliklarni aylantirishda xronometraj tasmasida aniq prevyu kadri ko‘rinib turadi. Bu esa foydalanuvchilarga videodagi kadrlar bo‘yicha kerakli lahzalarni osongina topib olish imkonini beradi.
Foydalanuvchilar shuningdek, xuddi fotogalereyalardagi suratlarni kattalashtirib ko‘rgandek, tasvirni barmoqlari bilan kengaytirish imkoniga ham ega bo‘lishadi. Ushbu funksiya pinch-to-zoom deb nomlandi. Avvalroq Google ushbu opsiyani YouTube Premium obunachilari orasida sinab ko‘rgan.
Shuningdek, YouTube’da «rangni dinamik tanlash» deb ataluvchi funksiya ham paydo bo‘lmoqda. Bu funksiya sharofati bilan interfeysning rang gammasi videodagi ustunlik qilayotgan rangga qarab tusini o‘zgartiradi. Ilovalar va veb versiyadagi qora mavzular yanada qorong‘ilashadi: agar kulrang tuslardan foydalanilgan bo‘lsa, endi ularning barchasi birdek qora tusda bo‘ladi.
Google kompaniyasi bu yangilikni 24 oktyabrdan boshlab joriy qila boshlashini e’lon qildi. Sekin-asta ular barcha foydalanuvchilar uchun imkonli bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bir yil avval YouTube videotasvirlar ostidagi dizlayk hisoblagichni berkita boshlaganini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid

08:40 / 24.03.2025
Google uchun har bir foydalanuvchining «barmoq izi» qanday ekani aytildi

00:00 / 24.03.2025
Alphabet Wiz startapini 32 mlrd dollarga sotib oladi

20:39 / 17.03.2025
Rossiya sudi Google kompaniyasi jarimasini 91 kvintilion rublgacha chekladi

00:09 / 20.02.2025