Tug‘ilish koeffitsienti eng past bo‘lgan shahar ma’lum qilindi
O‘zbekistonda tug‘ilish koeffitsiyenti eng past bo‘lgan tuman va shaharlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning 1 oktabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti eng past bo‘lgan hududlar orasida Ohangapon shahri birinchi o‘rinda qayd etildi – 10,8 ta.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 1000 doimiy aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti mos ravishda 15,3 ta hamda 15,6 ta bo‘lgan Bo‘zatov tumani va Buxoro tumani joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Tomdi tumani – 15,7 ta;
- G‘ozg‘on shahri – 15,8 ta;
- Kogon tumani – 15,8 ta;
- Taxtako‘pir tumani – 16,4 ta;
- Shumanay tumani – 16,5 ta;
- Qorao‘zak tumani – 16,9 ta;
- Boyovut tumani – 16,9 ta.
Mavzuga oid

22:30 / 01.03.2025
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi

01:04 / 28.02.2025
Yaponiyada tug‘ilish ko‘rsatkichi 1899 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi

21:52 / 26.02.2025
Janubiy Koreyada tug‘ilish ko‘rsatkichi to‘qqiz yil ichida birinchi marta o‘sdi

18:59 / 16.02.2025