Davlat maktabga endi eshakda qatnamaydi
Kun.uz qahramoni, har kuni 16 km yo‘l bosib maktabga qatnaydigan xatirchilik bolaga ismini oshkor qilishni istamagan inson tog‘da yurishga moslashgan mototsikl sovg‘a qildi.
Kun.uz oldinroq Navoiy viloyati, Xatirchi tumanining Oqtepa qishlog‘ida maktabga tog‘ osha eshakda qatnaydigan Davlat Xursanov haqida lavha tayyorlagandi. Lavha e’lon qilingach, Toshkent shahrida yashovchi bir inson (ismini oshkor qilishimizni istamadi) tahririyat bilan bog‘lanib, Davlatga ehson qilmoqchi ekanligini bildirdi.
Davlat o‘z intervyusida tog‘da pista terib, mototsikl uchun pul yig‘ganini, ammo akasi Shamshod Xursanov oliygoh talabasi bo‘lgach, jamg‘argan pulini unga berganligini aytib o‘tgandi. Davlatning orzusi ushaldi. Unga tog‘da yurishga moslashgan zamonaviy mototsikl sovg‘a qilindi.
Davlat Xursanov Xatirchi tumanidagi 30-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi. U maktabga olisdan – tog‘lar orasidan eshakda qatnaydi. Akasi Shamshod Xursanov shu yil maktabni tamomlab, talaba bo‘lgan. Aka-uka yoshligidan bir eshakka mingashib, har kuni 16 km yo‘l bosganicha maktabga borib-kelishgan.
Mavzuga oid

18:37 / 26.12.2024
Xatirchida poyga o‘ynab, 9 yoshli qizni bosib ketgan haydovchilarga hukm o‘qildi

18:45 / 15.07.2024
Navoiyda ayol o‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi

14:48 / 08.07.2024
Xatirchida yosh qiz o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilardan biri 1 yilda 12 marta radarga tushgani ma’lum bo‘ldi

21:02 / 06.07.2024