Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xatirchida poyga o‘ynab, 9 yoshli qizni bosib ketgan haydovchilarga hukm o‘qildi
Ikkita haydovchi BYD mashinalarida bir-birini quvib o‘tish maqsadida aholi yashash punktida katta tezlikda harakatlangan hamda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan qizni urib va bosib o‘tib ketgan. Sud hukmi bilan ularning har biriga 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Foto: Videodan kadr
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 9 yoshli qizni bosib o‘tib ketgan haydovchilarga sud hukmi o‘qildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, 1976 yilda tug‘ilgan Nasimjon Amirov hamda 1976 yilda tug‘ilgan Faxriddin Amanbayev o‘zlarining boshqaruvlaridagi BYD mashinalarini Xatirchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R48 avtomobil yo‘lining 126-127-kilometri oralig‘ida bir-birini quvib o‘tish maqsadida katta tezlikda boshqargan. Oqibatda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan Sh.Sh.ni Nasimjon Amirov mashinasi bilan urib, uning ortidan kelgan Faxriddin Amanbayev esa yiqilgan qizaloqni bosib o‘tib ketgan.
Sudda har ikki haydovchi aybiga iqrorlik bildirgan hamda mashinani katta tezlikda boshqarib, bir-birini quvib o‘tishga harakat qilganini tan olishgan.
Sud Faxriddin Amanbayev va Nasimjon Amirovni Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topgan. Ularning har biriga 2 yil transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mazkur YTH joriy yil 1 iyul kuni sodir bo‘lgandi. Oqibatda mashina tagida qolgan voyaga yetmagan Sh.Sh. voqea joyida vafot etgan. Haydovchilar mashinani aholi yashash hududida katta tezlikda boshqargan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Keyinchalik haydovchilardan biri 1 yilda 12 marta radarga tushgani, YTH sodir bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga esa 2024 yil 1-chorak yakuniga qadar o‘rnatilishi kerak bo‘lgan tugmali svetofor mablag‘ ajratilmagani sababli o‘rnatilmay qolgani ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
4 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
-
“Bir oyda ikki marta kelishi kerak, ikki oyda bir marta kelyapti” – joylarda chiqindi tashish qanday ishlamoqda?
O‘zbekiston | 18:57
-
Niderlandiya Isroilning genotsidga da’vat qiluvchi vazirlarini «qora ro‘yxat»ga kiritdi
Jahon | 18:45
Mavzuga oid

10:02 / 26.07.2025
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi

11:58 / 24.07.2025
Farg‘onada avtomobil daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:20 / 23.07.2025
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi

18:33 / 22.07.2025