13 mingdan ortiq abituriyent qo‘shimcha qabul doirasida talabalikka tavsiya etildi
2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Foto: Kun.uz
Davlat test markazi ma’lumotiga ko‘ra, shundan 39 962 nafari — davlat granti, 150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti: kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar, sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar, kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar, masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.
Tanlov natijalariga ko‘ra: davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni, to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.
Shuningdek, 13 mingdan ziyod abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning: 176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida, 13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.
Jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3,2 ming nafar, «Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar, muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,7 ming nafar, harbiy xizmatchilar farzandlari — 1,9 ming nafar, ichki ishlar organlari amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar, kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar — 379 nafar.
Mavzuga oid

10:03 / 01.01.2025
1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi

11:00 / 01.08.2024
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

14:56 / 01.07.2024