Sardor Rashidov Qatar klubiga transfer qilindi
«Paxtakor» yarimhimoyachisi Sardor Rashidov faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Foto: Paxtakor FK
Toshkent klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, o‘tgan mavsum Qatar chempionatida 6-o‘rinni egallagan «Umm Salal» klubi Rashidovni o‘z safiga qo‘shib olgan.
Sardor kuni kecha Superliga 12-turi doirasidagi «Qizilqum»ga qarshi Navoiydagi bahsda (2:0) supergol muallifiga aylangandi.
Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov joriy mavsum Superligada 7 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan. 31 yoshli hujumkor yarimhimoyachi bungacha 2015-2017 yillarda Qatarning «Al-Jaish», 2019-2020 yillarda «Qatar SK» klubi sharafini himoya qilgan edi.
Mavzuga oid

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

02:13 / 18.02.2025
«Paxtakor» - Elit OChL 1/8 finalida

21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

23:34 / 04.02.2025