Ozarboyjon Boku Yerevan bilan tinchlik kelishuviga tayyorligini ma’lum qildi
Qayd etilishicha, Tog‘li Qorabog‘ nizosi o‘tmishda qoldi va Bokuning bugungi kundagi asosiy vazifasi ozod qilingan hududlarni tiklash va mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shishdan iborat.

Foto: Anadolu Agency
Ozarboyjon va Armaniston davlat chegaralarini delimitatsiya qilish bo‘yicha komissiyalar raislari va formati belgilab olindi. Bu haqda Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Dushanbeda MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Bayramov yig‘ilish ishtirokchilariga Janubiy Kavkazdagi nizodan keyingi vaziyat haqida ma’lumot berdi.
Uning qayd etishicha, Tog‘li Qorabog‘ nizosi o‘tmishda qoldi va Bokuning bugungi kundagi asosiy vazifasi ozod qilingan hududlarni tiklash va mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shishdan iborat.
Bayramov Ozarboyjon Armaniston bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon mintaqadagi tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga qat’iy qaror qilgan.
12 may kuni Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov, Ararat Mirzoyan va Sergey Lavrov Dushanbe shahrida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazgandi.
Ma’lumot berilishicha, uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvlarning bajarilishi hamda Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash masalalari muhokama qilingan.
Mavzuga oid

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

14:07 / 25.02.2025
Ozarboyjon «Rossiya segodnya» va BBC vakolatxonalarini yopdi

15:30 / 20.02.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

17:22 / 16.02.2025