Toshkent tumanida hokim yordamchisi va uning sinfdoshi qo‘lga olindi
Toshkent tumani hokimi yordamchisi va uning sinfdoshi 4 sotix yerni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi.

Foto: Videodan kadr
DXX, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmalari va IIB xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yer maydonlarining noqonuniy sotilishining oldi olindi.
O‘zA xabar berishicha, Toshkent tumanida yashovchi 40 yoshli shaxs mazkur tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi sinfdoshi bilan kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 4 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Ular o‘z «xizmati evaziga» 30 ming dollar talab qilishgan.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 40 yoshli shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, uning ko‘rsatmasi asosida hokim yordamchisi ham qo‘lga olingan.
Avvalroq Zangiota tumani hokimi yordamchisi pora olayotganida DXX tomonidan ushlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

16:39 / 18.03.2025
Sirdaryoda IIB boshlig‘i o‘rinbosari jinoiy jazoga tortildi

19:19 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi

10:57 / 03.03.2025
“Pora emas, rahmat sifatida bergandi” – Toshkentda pora olgan IIB tergovchisi qamaldi

14:24 / 04.02.2025