Tashabbusli budjet: Navoiy viloyatida 124 ta tashabbus g‘olib deb topildi
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashabbuslar orasida avtobusga metan o‘rnatishdan uy-joyga muhtoj yakka-yolg‘iz fuqarolarga uy qurib berishgacha bor.

Moliya vazirligining «Ochiq budjet» axborot portalida Navoiy viloyatida uchrayotgan kamchiliklar yechimiga mahalliy budjetdan pul ajratish bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan 124 ta tashabbus g‘olib bo‘ldi. Ularni amalga oshirish uchun 46,33 mlrd so‘m sarflanadi.
G‘olib deb topilgan tashabbuslarning 70ga yaqini hududdagi ta’lim muassasalarini (maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari va kollej) ta’mirlash, jihozlash, kompyuter jamlanmalari, elektron doska va kitoblar, mebellar, cholg‘u asboblari olib berish bilan bog‘liq. Qolgan takliflar mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash, sport maydonchasi qurish, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish, ichimlik suvi bilan ta’minlash, shuningdek, tibbiyot muassasalariga tibbiy jihozlar olish kabilardan iborat.
Konimex tumanidan uy-joyga muhtoj yakka-yolg‘iz fuqarolarga tuman hokimligi balansida turuvchi uy-joylar qurib berish bilan bog‘liq 2 ta tashabbus g‘olib deb topilgan. Ularning har biriga 1 mlrd 80 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Yana bir e’tiborni tortadigan tashabbus avtobusga metan o‘rnatish bilan bog‘liq. Ushbu tashabbus Zarafshon shahar XTBga qarashli Isuzu avtobusining yonilg‘i sarfini kamaytirish maqsadida kiritilgan va unga 35 mln so‘m sarflanadi.
Mavzuga oid

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

18:13 / 13.02.2025
Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

18:53 / 04.02.2025