O‘zbekiston | 10:13 / 01.04.2022
2204
1 daqiqa o‘qiladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri tayinlandi

Foto: Vazirlar Kengashi
Kazakov Rustamjon Allayarovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
R. Kazakov tayinlovga qadar Nukus shahar 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar vaziri, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri tayinlangandi.