Chirchiq shahrida YTH sabab Lacetti avtomobilida yong‘in yuzaga keldi
“Lacetti” "Epica" avtomobili bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan.

Foto: YXHB
Toshkent viloyati YXHB axborot xizmatining xabar berishicha, 12 fevral kuni soat 23:00 larda, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Navoiy va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan J.G‘. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli hamda haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan D.N. boshqaruvidagi "Epica" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida "Lacetti" avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Shundan so‘ng avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida, ikkala haydovchi va "Lacetti" avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

09:47 / 16.01.2025
Chirchiq shahridagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi

17:14 / 20.11.2024
Chirchiq shahrida 4 tup yong‘oqni kesgan shaxs tabiatga 247 million so‘m zarar yetkazdi

19:45 / 05.11.2024
Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari 1 mln dollar bilan ushlandi

16:23 / 29.07.2024