O‘zbekiston | 10:55 / 18.12.2021
10977
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi yer silkinishi kuchi O‘zbekistonda sezildi
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:42 da Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yer silkinishi qayd etildi.
Yer silkinishi koordinatalari: 40,09 gradus shimoliy kenglik; 70,09 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 150 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Beshariq tumanida 3 ball, 49 km;
- O‘zbekiston tumanida 2-3 ball, 72 km;
- Bekobod shahrida 2-3 ball, 72 km;
- Furqat tumanida 2-3 ball, 73 km;
- So‘x tumanida 2 ball, 83 km;
- Bekobod tumanida 2 ball, 83 km;
- Shirin shahrida 2 ball, 84 km;
- Qo‘qon shahrida 2 ball, 87 km;
- Dang‘ara tumanida 2 ball, 89 km.
Mavzuga oid

18:01
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

17:24
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

16:57 / 10.03.2025