Putin «Tolibon»ni tan olishga shoshilmaslikka chaqirdi
Rossiya prezidenti shuningdek, Afg‘oniston hali ham dunyodagi eng yirik afyun yetkazib beruvchi mamlakat ekanligini va toliblarga giyohvandlik moddalari ishlab chiqarishga qarshi kurashish qiyin bo‘lishini aytdi.

Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin toliblar bilan hamkorlik qilish kerak, ammo ularni tan olishga shoshmaslik lozim deb hisoblaydi.
«Hozircha toliblarni rasman tan olishga shoshilmaslik kerak. Ular bilan hamkorlik qilish kerakligini tushunamiz, ammo e'tirof etishga shoshilmaslik lozim»,— dedi u MDH mamlakatlari rahbarlari sammitida.
Rossiya prezidenti shuningdek, Afg‘oniston hali ham dunyodagi eng yirik afyun yetkazib beruvchi mamlakat ekanligini va toliblarga giyohvandlik moddalari ishlab chiqarishga qarshi kurashish qiyin bo‘lishini aytdi.
«Afg‘oniston dunyodagi eng yirik afyun yetkazib beruvchi mamlakat bo‘lib qolmoqda. Giyohvandlik moddalari ishlab chiqarishga qarshi kurashishga va'da berganiga qaramasdan, aslida toliblar buni xohlashadimi-yo‘qmi, bilmayman. Avvalgi safar ular hokimiyat tepasida bo‘lganida buni muvaffaqiyatli uddalashgandi. Ammo bugun bunday daromad manbaidan voz kechish oson bo‘lmaydi, ayniqsa iqtisodiyotdagi inqirozli vaziyat sharoitida»,— dedi Putin.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

20:30 / 11.03.2025
Putin muzokaralarda yon berish niyatida emas - g‘arb maxsus xizmatlari

01:44 / 08.03.2025
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida

21:46 / 07.03.2025