Toliblar Afg‘oniston hukumatida yangi tayinlovlarni amalga oshirdi
Savdo, sog‘liqni saqlash vazirlari hamda ichki ishlar, mudofaa, energetika, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish, chegara, qochqinlar ishlari, oliy ta'lim vazirlariga o‘rinbosarlar tayinlangan.

"Tolibon" harakati vaqtinchalik hukumat tarkibida yangi tayinlovlar amalga oshirilganini e'lon qildi.
Harakat matbuot kotibi Zabihulla Mujohidning ma'lum qilishicha, toliblar yetakchisi Haybatulla Oxundzoda Panjsher viloyatilik tadbirkor Hoji Nuriddin Aziziyni savdo vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan.
Bog‘lon viloyatilik tadbirkor Hoji Muhammad Bashir uning o‘rinbosari, Saripul viloyatilik yana bir tadbirkor Hoji Muhammad Azim Sultonzoda savdo vazirining ikkinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Shu tarzda toliblar hukumat tarkibiga nafaqat pushtunlar, balki boshqa milliy ozchilik vakillarini ham kiritishga tayyorligini ko‘rsatgan.
Toliblar yetakchisining farmoni bilan Qalandar Ibod sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Shuningdek, uning o‘rinbosarlari ham tayinlangan.
Bundan tashqari, ichki ishlar, mudofaa, energetika, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish, chegara, qochqinlar ishlari, oliy ta'lim vazirlariga ham o‘rinbosarlar tayinlangani xabar qilinmoqda.
Shuningdek, milliy olimpiya qo‘mitasi va markaziy statistika boshqarmasiga rahbarlar tayinlangan.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025