Xitoyda maktab o‘quvchilariga o‘qish kunlari onlayn o‘yinlar o‘ynash taqiqlandi
Endilikda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar onlayn o‘yinlarni haftasiga uch soatdan ortiq o‘ynay olmaydi.

Foto: Alamy Stock Photo
Xitoy hukumati maktab o‘quvchilariga juma, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari onlayn o‘yinlar o‘ynashni taqiqladi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Xitoy regulyatorlarining qayd etishicha, taqiq onlayn o‘yinlarga tegishli va o‘smirlarning o‘yinlarga tobe bo‘lib qolishining oldini olishga qaratilgan.
Endilikda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar onlayn o‘yinlarni haftasiga uch soatdan ortiq o‘ynay olmaydi. Voyaga yetmaganlarga juma, shanba va yakshanba kunlari kuniga bir soat o‘yin o‘ynashga ruxsat beriladi.
Hukumatning ta'kidlashicha, mazkur taqiqning ijrosini onlayn o‘yinlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar nazorat qiladi. Ular zarur tizim tekshiruvlarini joriy etishi lozim.
Avvalroq Xitoy hukumati tomonidan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning strimlarda chiqishi, yulduzga aylanishi, ularni internet orqali daromad olishga undash taqiqlangandi.
Mavzuga oid

13:46
Xitoy pandemiya kelib chiqishi masalasida vazminlikka chaqirdi

22:06 / 13.03.2025
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi

15:17 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat

18:16 / 12.03.2025