Alyaska yaqinida oxirgi 57 yildagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi
AQSh geologiya xizmatining xabar berishicha, Alyaskadagi Perrivill shahridan 104 kilometr uzoqlikda, dengizda 8,2 balli zilzila sodir bo‘lgan.
Alyaska yarimoroli sohillarida sodir bo‘lgan zilzila Shimoliy Amerikada 1964 yildan buyon kuzatilmagan, deb xabar berdi CBS News sunamidan ogohlantirish markazi (NWS) seysmologi Maykl Uestga asoslanib.
AQSh geologiya xizmatining xabar berishicha, Alyaskadagi Perrivill shahridan 104 kilometr uzoqlikda, dengizda 8,2 balli zilzila sodir bo‘lgan.
Zilziladan so‘ng yarimorol tomon sunami kelishi aytilgan, ammo keyinroq ogohlantirish bekor qilingan.
Zilzila oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid

13:56 / 08.02.2025
Alyaskada bedarak yo‘qolgan samolyot parchalari topildi, bortdagilar halok bo‘lgan

18:03 / 07.02.2025
Alyaskada bortida 10 kishi bo‘lgan samolyot bedarak yo‘qoldi

00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

13:51 / 23.11.2024