Ashraf G‘ani: Afg‘oniston masalasida Pokiston pozitsiyasi muhim
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 3 milliard dollarlik majmua bo‘lmish Bagrom aeroportidan yangi maqsadlarda foydalanilishi, u ulkan habga aylantirilishi haqida gapirdi.

16 iyul kuni Toshkent shahrida boshlangan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani nutq so‘zladi.
Nutqning o‘ziga xos jihati Afg‘oniston prezidenti kirish qismini o‘zbek tilida boshladi.
«Assalomu alaykum, muhtaram konferensiya qatnashchilari, hurmatli Shavkat Mirziyoyev. Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha gap ketarkan, barcha davlatlarning hamjihatligi juda muhim. Masalan, qo‘shnimiz Pokistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi aniq bo‘lishi nihoyatda ahamiyatli.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyatga kelsak, Bagrom aeroporti topshirilishi ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi. Men shaxsan bu aeroportga tashrif buyurdim. Ta'kidlashim joiz, bu 3 mlrd dollarlik ulkan majmua hisoblanadi. Biz uning imkoniyatlaridan foydalanib, ulkan habga aylantirmoqchimiz va Afg‘oniston iqtisodiyotini rivojlantirishda foydalanmoqchimiz. Kelajakda bu aeroport yurtimizga tashrif buyuradigan ko‘p sonli mehmonlarga xizmat qiladi.
Afg‘onistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda hamkorlik tinchlik yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi», deya Afg‘oniston prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025