Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash tarkibi;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash to‘g‘risida nizom.
- Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Idoralararo kengash raisi hisoblanadi. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi - uning ishchi organi.
Nizom Idoralararo kengashning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, uning faoliyati tartibi, shuningdek uning samaradorligiga doir talablarni belgilaydi.
Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini ta'minlashga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta'lim olishi, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga ko‘maklashish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘la huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish.
Mavzuga oid

14:29 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi

07:40 / 12.09.2024
Kozim To‘laganov Qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi etib tayinlandi

11:35 / 03.08.2024