Nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi tayinlandi.
Ushbu lavozimda avvalroq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari bo‘lgan Kozim To‘laganov ish boshladi.
Kozim To‘laganov 2017 yildan buyon qurilish sohasidagi muhim lavozimlarda ishlab kelayotgandi. U Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Kozim To‘laganov 1949 yilda tug‘ilgan. 1997-2001 yillarda Toshkent shahri hokimi, keyinroq bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi (2005 yilgacha) sifatida ishlagan.