Surxondaryoda o‘riklar sovuqdan 80 foizgacha zararlangani ma'lum bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida 25-26 fevral kunlari kuzatilgan sovuq oqibatida mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda o‘tlari zararlangan.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyatda Gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli meteostansiya va agrometeorologik post kuzatuvlari o‘tkazilgan.
Sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda nihollari quyidagicha zararlangan:
- bug‘doy — 10 foizgacha;
- beda — 10 foizgacha;
- bodom — 30 foizgacha;
- o‘rik — 80 foizgacha;
- olma — 30 foizgacha;
- gilos — 25 foizgacha;
- shaftoli — 10 foizgacha;
- tut daraxti — 5 foizgacha.
Qayd etilishicha, uzum va anor daraxtlariga sovuq ta'sir qilmagan.
Mavzuga oid

17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

11:50 / 10.02.2025
Surxondaryoda katta miqdordagi giyohvandlik moddalari qo‘lga olindi

10:51 / 10.02.2025
Qashqadaryoda surxondaryolik haydovchilar toshbo‘ron qilingani haqidagi xabar rad etildi

20:53 / 31.01.2025