Japarov Qirg‘iziston prezidenti vakolatlaridan voz kechdi
Avvalroq Sadir Japarov davlat rahbari lavozimiga nomzodi ro‘yxatga olinishi uchun markaziy saylov komissiyasiga hujjat topshirgandi.

Foto: TASS
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov davlat rahbarligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etish uchun o‘z vakolatlaridan voz kechdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Mamlakat prezidenti vakolatlaridan voz kechishga hamda Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimi vakolatlarini to‘xtatib turishga qaror qildim va oddiy fuqaro sifatida bo‘lajak prezident saylovida qatnashaman", - deya iqtibos keltiradi prezident matbuot xizmati Japarovning so‘zlaridan.
Avvalroq Sadir Japarov davlat rahbari lavozimiga nomzodi ro‘yxatga olinishi uchun markaziy saylov komissiyasiga hujjat topshirgani xabar qilingandi.
Qirg‘iziston prezidenti saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, mamlakat prezidentligiga saylanish uchun ariza berganlar soni 39 nafarga yetgan.
Mavzuga oid

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

11:29 / 26.02.2025