Makron Rossiya va Turkiyani Livanga yordam berishga chaqirdi

Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya va Turkiyadan kuchli portlashdan jabr ko‘rgan Livan poytaxti Bayrutga yordam kutayotganini aytdi.
“Yordam berishga chaqiriq Turkiya va Rossiyaga ham yo‘llangandi. Turkiya videoanjumanga qo‘shila olmadi, biroq yordamga o‘z hissasini qo‘shadi. Men Rossiya ham shunday yo‘l tutishiga ishonchim komil”, deb aytgan Makron Livanga yordam puli yig‘ish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro donorlik anjumani ochilishida.
Fransiya prezidentining ta'kidlashicha, bosh maqsad Livan xalqiga joylarda yordamni tez va samarali muvofiqlashtirishdan iborat.
Bayrut portidagi kuchli portlash 4 avgust kuni sodir bo‘ldi. Natijada shaharga juda katta zarar yetdi, 5 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortig‘i uylaridan mahrum bo‘ldi, 150dan ortiq odam halok bo‘ldi.
Livan rasmiy idoralari ma'lumotiga ko‘ra, dengiz portidagi omborda saqlangan 2,75 ming tonna selitra yonida payvandlash ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi buzilgani portlashga olib kelgan.
Mavzuga oid

20:14 / 10.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

23:34 / 07.03.2025
Fransiya razvedkasining sobiq boshlig‘i milliarder Bernar Arnoga yordam bergani uchun to‘rt yilga qamaldi

21:24 / 07.03.2025
Ukraina birinchi marta Fransiyaning Mirage qiruvchi samolyotlaridan foydalandi

04:48 / 06.03.2025