Sietldagi tartibsizliklar chog‘ida 10dan ortiq politsiyachi jarohatlandi
Sietl g‘arbidagi politsiya uchastkalaridan biriga o‘t qo‘yishga urinishgan. Politsiyachilarga turli buyumlar uloqtirilgan.

Foto: EPA
Sietlda Black Lives Matter harakati doirasida o‘tkazilgan namoyish ishtirokchilarining huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan to‘qnashuvi natijasida kamida 12 nafar politsiyachi jarohatlandi.
"Yakshanba kuni katta namoyishning qator qatnashchilari hokimiyat organlari hamda xususiy muassasalar joylashgan binolarga sezilarli zarar yetkazdi. Kamida o‘n ikki politsiyachi jarohatlandi", - deyiladi Sietl politsiya departamenti xabarida.
Namoyishlar erta tongdan boshlangan va tinch o‘tgan. Ammo kun o‘rtalariga kelib ko‘chalarda beysbol tayoqlari bilan qurollangan kishilar guruhi paydo bo‘lgan. Politsiyaning ma'lumot berishicha, ular binolarga zarar yetkazishgan. Ikkita politsiya uchastkasi va shahar politsiya boshqarmasi hamda munitsipal sud binosi hujumga uchragan.
Sietl g‘arbidagi politsiya uchastkalaridan biriga o‘t qo‘yishga urinishgan. Politsiyachilarga turli buyumlar uloqtirilgan. Hujum qilganlarga qarshi yorug‘lik-shovqin granatalari va qalampirli gaz qo‘llanilgan.
AQShda may oxirlarida afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid

15:06 / 08.02.2025
Gurjistonda namoyishchilarga nisbatan jazo kuchaytirildi

08:20 / 08.02.2025
Slovakiyada o‘n minglab kishilar yana namoyishga chiqdi

10:15 / 25.01.2025
Slovakiyada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi

14:30 / 01.01.2025