Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada o‘n minglab kishilar yana namoyishga chiqdi
Bosh vazir Robert Fitso hukumatining rossiyaparast kursiga qarshi norozilik namoyishlari Slovakiyaning 41 ta shahrida va uning chegarasidan tashqaridagi 13 ta shaharda bo‘lib o‘tmoqda. Bratislavadagi aksiyada kamida 42 ming kishi ishtirok etdi.

Foto: Tomas Benedikovic/AFP/Getty Images
Slovakiyada 7 fevral, juma kuni kechqurun yana o‘n minglab odamlar bosh vazir Robert Fitso hukumatining rossiyaparast kursiga qarshi norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi. Agentliklar va mahalliy ommaviy axborot vositalari, xususan, Dennik N yangiliklar sayti ta’kidlaganidek, birgina Bratislavada Ozodlik maydonida 42-45 ming kishi yig‘ilgan. Namoyishlar «Slovakiya bu – Yevropa» va «Iste’fo, iste’fo» shiorlari ostida o‘tkazilmoqda. Namoyishchilar nafaqat poytaxtda, balki yana 40 ta aholi punkti va 13 ta shaharda ham ko‘chalarga chiqdi.
Qayd etilishicha, plakatlar va bannerlardagi eng ko‘p uchragan yozuvlar: «Demokratiya sigirini so‘yishga yetaklashmoqda», «Slovakiya bu – Yevropa, Rossiyani to‘xtat» va «Ukrainaga tinchlik» bo‘lgan. Fitsoning iste’fosi haqidagi yangi talablar bilan xalq noroziliklarining so‘nggi to‘lqiniga asosiy sabab uning dekabr oyida Moskvaga tashrifi bo‘lib, u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan.
Dpa agentligi yozganidek, turli muxolifat guruhlari va Kiyevga harbiy yordamni kuchaytirish tarafdori bo‘lgan «Ukraina uchun tinchlik» fuqarolik tashabbusi tinch mitinglar o‘tkazishga chaqirmoqda. 2023 yil kuzida Fitso hokimiyatga qaytganidan so‘ng, Slovakiya o‘zini Rossiya harbiy agressiyasidan himoya qilayotgan Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi.
Fitso "Gurjiston legioni"ni uni ag‘darishga urinishda aybladi
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Ukraina qurolli kuchlari tomonida jang qilayotgan "Gurjiston milliy legioni"ni uni ag‘darishga urinishda aybladi. Bu haqda Fitso 31 yanvar kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.
Vazirlar mahkamasi rahbarining fikricha, legion qo‘mondoni Mamuka (Ushangi) Mamulashvili uni lavozimidan chetlashtirishga qaratilgan norozilik namoyishlariga aloqador. Natijada Mamulashvili va yana to‘qqiz kishiga Slovakiyaga kirishga ruxsat berilmagan.
Matbuot anjumanida hukumat rahbari GML rahbarining Mier Ukrajine ("Mir Ukraine") guruhi uchun mitinglar uyushtirgan faol Lyutsiya Staselova bilan tushgan suratlarini ko‘rsatdi. Biroq, uyushma ta’kidlaganidek, bu fotosuratlar 2023 yilda Bratislavada bo‘lib o‘tgan ommaviy munozarada olingan. Shu munosabat bilan Mier Ukrajine namoyishlar va Gurjiston o‘rtasidagi aloqalar haqidagi bayonotlarni yolg‘on va manipulyatsiya deb atadi. Mamulashvili ham namoyishlarga aloqadorligini rad etdi.
Fitsoga ko‘ra, "Mir Ukraine" «Gurjiston legioni» uchun pul yig‘ib, shu tariqa «Ukraina aksilrazvedkasini moliyalashtirgan», deb yozadi «Yevropeyskaya pravda» nashri. Staselova, o‘z navbatida, "Mir Ukraine" «Ukraina uchun o‘q-dorilar» yig‘ishda ishtirok etganini aytdi. Chexiya hukumatining Kiyev uchun o‘q-dorilar xarid qilish tashabbusini Slovakiya ham qo‘llab-quvvatladi – bu maqsadda 4,7 million yevrodan ortiq mablag‘ yig‘ildi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

15:08 / 17.07.2025
Fitso Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini bloklash bilan tahdid qildi

13:06 / 12.07.2025
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda

11:40 / 30.06.2025
Belgradda namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, barrikadalar qurmoqda

18:02 / 23.06.2025