Armaniston va Ozarboyjon chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi
Armaniston va Ozarboyjon chegarada qurolli to‘qnashuv yuz berganini ma'lum qildi. Tomonlar ushbu hodisada bir-birini ayblamoqda. Ozarboyjonning ta'kidlashicha, ikkala tomondan ham yo‘qotishlar bor, Armanistonda faqat raqib kuchlari talafot ko‘rgani ma'lum qilingan.

Foto: RIA Novosti
Bokuda ma'lum qilinishicha, Armaniston qurolli kuchlari chegaraning Tovuz tumanidagi qismida o‘t ochish rejimini buzgan. “12 iyul tush vaqtidan boshlab Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari artilleriya qurilmalaridan pozitsiyalarimizni o‘qqa tutdi. Ikkala tomondan ham yo‘qotishlar bor”, deb ma'lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida. Boku tomonidan 2 harbiy halok bo‘lgan, 5 harbiy yaralangan.
“Raqib yo‘qotishga uchradi va chekindi”, deb ma'lum qilingan o‘z navbatida Armanistonda. Yerevanda ta'kidlanishicha, chegara Ozarboyjon tomondan buzilgan.
“Ozarboyjon qurolli kuchlari xizmatchilari bizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra UAZ avtomobilida Tovuz yo‘nalishida davlat chegarasini buzishga urinish amalga oshirdi. Armaniston tomonining ogohlantirishidan keyin raqib harbiylari avtomobilni tashlab, o‘z pozitsiyalariga qaytgan”, deyilgan Armaniston mudofaa vazirligi xabarida.
Biroq Yerevanning ta'kidlashicha, shundan keyin Ozarboyjon harbiylari artilleriya qurolidan o‘t ochib, Armanistondagi tayanch punktni egallab olishga harakat qilgan.
Mavzuga oid

20:21 / 13.03.2025
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

14:07 / 25.02.2025
Ozarboyjon «Rossiya segodnya» va BBC vakolatxonalarini yopdi

15:30 / 20.02.2025