Kapello: «Avvallari «Real» bilan o‘yinda raqib himoyachilari qo‘rqib turishardi»

Foto: Getty Images
Taniqli italiyalik murabbiy Fabio Kapello «Real»dagi hozirgi vaziyatga munosabat bildirdi.
«Har doim aytganman, «Real» va «Barselona» jamoalari bilan o‘yinlar 1:0 hisobi bilan boshlanadi. Ularni mag‘lub etish uchun kamida ikkita gol urishing kerak. Bu mavsumda «Real» shu jihatdan oqsayapti, shuning uchun o‘yinlarni boshqalar kabi 0:0 hisobida boshlayapti. Shuncha muammoga duch kelayotganining sababi shunda. Krishtianu Ronaldu «Yuventus»da qanday o‘ynayotganini ko‘rib turibmiz. Avvallari «Real»ga qarshi o‘ynaydigan himoyachilarda qo‘rquv bo‘lardi, hozir bunday emas», – degan Kapelloning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mutaxassis «qirollik klubi»ga 1996-1997 hamda 2006-2007 yillarda bosh murabbiy bo‘lgan har ikki safar ham Ispaniya chempionligiga erishgan.
Mavzuga oid

01:45 / 20.01.2025
Peres «Real» prezidentligiga qayta saylandi. U 5-bor saylovlarsiz g‘alaba qozondi

02:16 / 13.01.2025
7 ta gol urilgan super klasikoda «Barsa» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 15-bor Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi

02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi

01:58 / 02.06.2024