TIV: Saxalinda halok bo‘lgan migrant o‘zbekistonlik emas

Janubiy-Saxalinsk/Foto: parkon.ru.net
55 yoshli ishchi, O‘zbekiston fuqarosi, 10 aprel kuni Janubiy-Saxalinskdagi suv kompleksiga ega mehmonxona qurilish maydonchasida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Voqea haqida ma'lumot RF Tergov qo‘mitasining Saxalin oblasti bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan.
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Saxalin viloyatidagi qurilish maydonida vafot etgan ishchi mamlakatimiz fuqarosi emas.
«Mazkur fakt Janubiy-Saxalinsk shahri tergov organlari vakili tomonidan tasdiqlangan hamda OAVlarda tarqalgan rasmiy xabarda texnik xatoga yo‘l qo‘yilgani ma'lum qilingan», - deyiladi xabarda.
Bundan oldin, O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi Chechenistonda qullikdan ozod etilgandi.
Mavzuga oid

20:43
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

18:14 / 28.02.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

00:46 / 27.02.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki bola O‘zbekistonga olib kelindi

08:34 / 10.04.2023