AQSh armiyasi sovuq urush davri strategiyasiga qaytmoqda

Foto: MICHAEL EADDY/U.S. ARMY
AQSh harbiylari sovuq urush davrida Amerika qo‘shinlari tomonidan qo‘llanilgan Pentagonning «Kuchlarni dinamik joylashtirish» strategiyasiga o‘tmoqda. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligining Stars and Stripes rasmiy gazetasi yozyapti.
Ushbu strategiyaga qo‘shinlarni moslashtirishga misol sifatida, nashr AQSh armiyasi piyoda batalonining Texasdan Polshaga to‘satdan yuborilganini keltirgan. Bu holat shu yilning mart oyi o‘rtalarida sodir bo‘ldi.
Shuningdek, amerikalik general-mayor Jon Gronskining gazetaga aytishicha, endi bunday manyovrlar «muntazam ravishda» o‘tkaziladi. U ehtimoliy raqib uchun bunday harakatlar «kutilmagan» bo‘lib chiqishini ta'kidlab o‘tdi.
Bundan oldin, AQSh Xitoy hujumiga javoban Rossiyaga zarba berilishi mumkinligini istisno etmagandi.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27