AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi
Davlat kotibi Marko Rubio Jiddadagi uchrashuvda hududiy yon berish masalasi muhokama qilinganini aytdi. Shuningdek, u rossiyaliklarni «barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga» chaqirdi.

Foto: UPI/REX/Shutterstock
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Qo‘shma Shtatlar va Ukraina Jiddadagi uchrashuvda «muzokaralar jarayoni qanday bo‘lishi»ni muhokama qilgani, shuningdek, «hududiy yon berishlar to‘g‘risida suhbat» olib borilganini ma’lum qildi.
Davlat kotibining ta’kidlashicha, AQSh 12 mart kuni «rossiyaliklar bilan aloqa o‘rnatadi». Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiyadan ijobiy javob olishga umid bildirmoqda va «rossiyaliklarni barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiradi».
«Ushbu mojaroning harbiy yechimi mavjud emas», — deydi Rubio.
AQSh va Ukraina 11 mart kuni Saudiya Arabistonida muzokaralar olib bordi. Uning yakunida Kiyev Vashingtonning o‘t ochishni 30 kunga to‘xtatish rejimini joriy etish taklifiga rozi bo‘ldi. Reuters manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Kreml vaqtinchalik sulhga rozi bo‘lmasligi mumkin. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya Amerika—Ukraina muzokaralari yakuni bo‘yicha berilgan bayonotni «diqqat bilan o‘rganmoqda».
Avvalroq G‘arb maxsus xizmatlari vakillarining Bloomberg agentligiga Vladimir Putin Rossiya—Ukraina urushini hal etishga bag‘ishlangan muzokaralarda yon bermoqchi emasligi haqida ma’lum qilgandi. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Putin bosib olingan hududlar, Yevropa tinchlikparvar kuchlarining joylashtirilishi va Ukraina neytraliteti masalalarida murosaga borishga tayyor emas.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

17:27
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

16:24