Afg‘onistonda kuchli yomg‘irlar sababli 60 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston janubida oxirgi bir necha kun kuchli yomg‘irlar va toshqinlar sababli 60 ga yaqin odam halok bo‘ldi, 140 dan ko‘proq jarohat oldi. Bu haqda Afg‘onistonning tabiiy ofatlarni bartaraf etish boshqarmasi davlat vaziri Najib Hakimga iqtibos keltirgan holda Tolo News telekanali ma'lum qildi.
Vazirning ta'kidlashicha, Qandahor, Zabul va Farah viloyatlarida minglab jabrlangan oilalarga shoshilinch yordam ko‘rsatilgan.
Avvalroq Afg‘onistonning 8 ta viloyatida 1 martdan boshlab kuchli yomg‘irlar va toshqinlar kuzatilayotgani ma'lum qilingandi. Tabiiy ofatdan mamlakat infratuzilmasi, jumladan, maktablar, ko‘priklar, masjidlarga ham talofat yetgan.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025