Toshkentda kiberxavfsizlikka oid «Xavfsiz ko‘prik» forumi o‘tkazildi
Bugun, 5 mart kuni Toshkentda kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan «Xavfsiz ko‘prik» nomli bir kunlik forum o‘tkazildi. Forumning asosiy maqsadi –ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar o‘rtasida muloqot o‘rnatish, shu bilan birga, axborot xavfsizligi uchun yangi tahdidlar bo‘yicha mutaxassislar va umuman aholining xabardorligini oshirish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha samarali choralar ishlab chiqish.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) ko‘magida Mirzo Ulug‘bek Innovatsion Markazi tomonidan tashkil etildi.

Markaz rahbariyati ta'kidlaganidek, XXI asrda kiberxavfsizlik muammosi davlat darajasida barcha ijtimoiy qatlamlarga doir strategik ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan O‘zbekistondagi yirik kompaniyalar, shuningdek, qo‘shni davlatlar mutaxassislari axborotni muhofaza qilishning zamonaviy usullari, blokcheyn texnologiyasini amaliyotga tatbiq etish, o‘ta muhim axborotlarni boshqarish tizimi va shu kabi ko‘plab masalalar xaqida so‘z yuritishdi.
Forum ishtirokchilari ma'lumotlar qayta ishlanish tarzi, kiber jinoyatlarga qarshi kurashda biznes uchun qanday axborot texnologiyalari zarurligi, qanday yangi hujumlarni kutish mumkinligiga doir masalalarni muhokama qilishdi.

Tadbirga E&Y, D:CODE, BePro, Cumulative Business Solutions, Ideal Green Light kompaniyalari vakillari bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan BMTRD, Osiyo Taraqqiyot Banki va boshqalar tashrif buyurishdi.
Ta'kidlash joizki, tashkilotchilar forumni imkon qadar interfaol tarzda o‘tkazishga xarakat qilishdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan axborot tizimlarining zaifligi va ularni himoya qilishning usullari bilan ulashishga oid mahorat darsi o‘tkazildi. Forum natijalari bo‘yicha faol muhokamalardan tashqari, qiziqarli “Bilasizmi?” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar kiberxavfsizlik hamda Mirzo Ulugbek Innovation Center faoliyati xaqidagi 10 savolga onlayn javob berishdi. Qisqa vaqt ichida eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan kishilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Mavzuga oid

20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi

12:30 / 04.03.2025
Pentagon rahbari Rossiyaga qarshi kiberhujumlarni to‘xtatishni buyurdi

12:30 / 27.01.2025
IIV akademiyasida kiberxavfsizlik fakulteti tashkil etiladi

19:06 / 01.11.2024