YeChL. "Liverpul" safarda "PSJ"dan yengildi, "Barselona" "PSV"dan ustun keldi

Foto: EPA
Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlar nihoyasiga yetdi.
"PSJ" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qilib, qiyin g‘alabaga erishdi – 2:1.
13-daqiqada Bernat hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Neymar oradagi farqni oshirdi. Mehmonlarning yagona javob goli birinchi bo‘lim so‘ngida Milnerning penaltini aniq amalga oshirishi orqali kiritildi.
"Barselona" esa safarda "PSV"ni kichik farq bilan yengdi.
Messi hamda Pikening gollariga mezbonlar safida de Yong birgina gol bilan javob qaytara oldi.
"Tottenhem" o‘z maydonida "Inter" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol 80-daqiqada Eriksen tomonidan kiritildi.
PSJ – Liverpul 2:1
Gollar: 1:0 – 13 Bernat, 2:0 – 37 Neymar, 2:1 – 45, penalti Milner.
PSJ – Buffon, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat, Markinos, Di Mariya (Dani Alves, 65), Verratti, Kerer, Neymar, Mbappe (Rabo, 85), Kavani (Shupo-Moting, 65).
Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Gomes, van Deyk, Milner (Shakiri, 77), Xenderson, Veynaldum (Keyta, 66), Mane, Saloh, Firmino (Starridj, 71).
Ogohlantirishlar: Veynaldum (17), Verratti (24), Gomes (34), Starridj (84), van Deyk (90), Robertson (90), Neymar (90), Keyta (90).
PSV – Barselona 1:2
Gollar: 0:1 – 61 Messi, 0:2 – 70 Pike, 1:2 – 82 de Yong.
PSV – Zut, Shvaab, Tasende, Dumfris, Virgever, Pereyro (Malen, 71), Xendriks (Guterres, 71), Losano, Rosario, Bergveyn (Romero, 79), de Yong.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Vidal, Buskets, Koutino (Malkom, 69), Rakitich, Dembele (Denis Suares, 80), Messi.
Ogohlantirishlar: Xendriks (25), Guterres (83), de Yong (83), Alba (86), Pike (90).
Tottenhem – Inter 1:0
Gol: 1:0 – 80 Eriksen.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Devis, Ore, Vertongen, Uinks (Dayyer, 87), Sissoko, Lamela (Eriksen, 70), Lukas Moura (Son Xyn Min, 62), Alli, Keyn.
Inter – Xandanovich, de Vrey (Miranda, 82), Asamoa, D`Ambrozio, Shkrinyar, Nainggolan (Valero, 44), Brozovich, Perishich, Vesino, Politano (Keyta Balde, 83), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Alderveyreld (28), Lamela (45), de Vrey (70), Son Xyn Min (73), Valero (81).
Napoli – Tsrvena Zvezda 3:1
Gollar: 1:0 – 11 Gamshik, 2:0 – 33 Mertens, 3:0 – 52 Mertens, 3:1 – 57 Ben-Nabuan.
Borussiya Dortmund – Bryugge 0:0
Portu – Shalke 3:1
Gollar: 1:0 – 52 Eder Militao, 2:0 – 55 Korona, 2:1 – 89, penalti Bentaleb, 3:1 – 90 Marega.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

03:54 / 13.03.2025
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda

03:51 / 12.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, «Barselona» va «Bavariya» ham 1/4 finalda

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

02:55 / 20.02.2025