Ramzon Qodirov Habib Nurmagomedovga mashina sovg‘a qildi

Foto: VK/Ramzan Kadyrov
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, Ahmad Hoji Qodirov nomidagi jamg‘arma Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovga irlandiyalik Konor Makgregor ustidan g‘alaba qozongani munosabati bilan mashina sovg‘a qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Shuningdek, siyosatchining o‘z telegram-kanalida qo‘shimcha qilishicha, Grozniy hokimi Ibrohim Zakriyev jangchiga «Grozniy shahrining faxriy fuqarosi» unvonini berdi.
Rossiyalik jangchining otasi va murabbiysi Abdulmannop Nurmagomedovga «Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya sohasi xodimi» unvoni berildi.

Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasida o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun jang 6 oktabr kuni Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan UFC 229 musobaqasida bo‘lib o‘tdi. Rossiyalik jangchi to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish uslubi bilan o‘z raqibini taslim etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov bilan jang paytida undan uzr so‘ragani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi

22:15 / 28.08.2024
Ramzan Qodirovning qizlari 2017 yilda Fransiyaga boshqa familiya ostida uchgani ma’lum bo‘ldi

20:36 / 17.08.2024
Ramzan Qodirov pulemyot o‘rnatilgan Tesla Cybertruck'da ko‘rinish berdi

18:33 / 15.08.2024