«O‘zbekiston 24» telekanali direktori o‘zgardi

Foto: MTRK
«O‘zbekiston 24» telekanali direktori o‘zgardi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston MTRKdagi manbalar xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, endilikda telekanalga Madamin Safarov rahbarlik qiladi. U bungacha «Yoshlar» telekanaliga rahbarlik qilib kelayotgandi.
«O‘zbekiston 24» telekanalining avvalgi direktori Nodir To‘laganov bundan buyon telekanal bosh muharriri sifatida ishlaydi. Nodir To‘laganov telekanalga 2017 yilning 21 avgust kuni rahbar etib tayinlangandi.
«Yoshlar» telekanaliga kim yangi rahbar etib tayinlanishi hozircha noma'lum ekani aytilyapti.
Ma'lumot uchun: Madamin Safarov 1980 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. «Yoshlar» telekanalidan avval «Toshkent» telekanalida ham ishlagan.
O‘zbekiston MTRKdagi manbalar ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda «Yoshlar» telekanalidagi moliyaviy holat ancha yomonlashgan. Xodimlarga ish haqi to‘lashda kechikishlar yuzaga kelmoqda.
Mavzuga oid

11:23 / 22.11.2021
MTRKda rais o‘zgargani haqida xabar tarqaldi. Madamin Safarov bu xabarni qat'iyan rad etdi

22:56 / 30.05.2020
Deputat: «O‘zbekiston 24» o‘zgarishi shart

23:50 / 15.11.2018
«Axborot taqdim qilishda boshqalardan ancha kech qolyapmiz». Telejurnalist iqrori

08:31 / 31.08.2017