“MAZ” “Toshshahartransxizmat”ga maxsus sertifikat berdi
“Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati Belorussiyaning “MAZ” kompaniyasi direktori Dmitriy Katerinich bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda kelgusida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Muzokaralarda “MAZ” rahbariyati tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisiga maxsus sertifikat topshirildi. Unga ko‘ra, sertifikat jamiyat tasarrufidagi “Toshavtota'mirxizmat” UKga “MAZ” avtomobillari hamda texnikalarini ta'mirlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish huquqini ta'minlaydi.
Bunday sertifikat Minsk avtomobil zavodi tomonidan “Toshshahartransxizmat” ga berilayotgan birinchi sertifikat hisoblanadi.
Mavzuga oid

11:27 / 08.03.2025
Toshkentda xorijiy til bilish sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

14:44 / 30.01.2025
Britaniya O‘zbekiston mahsulotlarini sertifikatlashga ko‘maklashadi

18:27 / 15.01.2025
“Infokiosklarning qaytim bermaslik masalasini yechish imkonsiz” - “Toshshahartransxizmat” raisi o‘rinbosari

15:22 / 15.01.2025