«Florens» dovuli qurbonlari soni yetti kishiga yetdi

Foto: AP
AQShda "Florens" dovuli qurbonlari soni yetti kishiga yetdi, deb xabar berdi News & Observer.
Avvalroq dovul natijasida Shimoliy Karolinada besh kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, AQShdagi 930 mingga yaqin iste'molchi elektrsiz qolgan. Suv toshqini Janubiy Karolina hududiga ham yetib kelgan. AQSh milliy gvardiyasining o‘ng mingga yaqin harbiy xizmatchisi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish uchun safarbar qilingan.
Ayni paytga kelib shamol tezligi pasayib, soatiga 110 kilometrga tushgan. Xabar qilinishicha, yog‘ingarchilik sababli suv toshqinlari xavfi saqlanib qoladi.
Dam olish kunlariga kelib dovul kuchi pasayishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27