Qodirov Timati va Nurmagomedov mojarosi sabab videomurojaat bilan chiqdi

Foto: Videodan kadr
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov videomurojaat bilan chiqdi, unda u Black Star leybli asoschisi Timati va MMA jangchisi Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi mojaroga izoh berdi. Videoyozuv Timatining instagramida e'lon qilingan.
Yozuvda Qodirov «bema'nilik bilan shug‘ullanmaslikka» chaqirgan hamda birodar dog‘istonliklar bir-birini xafa qilmasligi kerakligini eslatib o‘tgan.
«Biz o‘zimizda tartib o‘rnatamiz - terrorchilar ham, gastrolchilar ham, boshqasi ham kelmaydi. Bizga mehmonlarning tashrif buyurishi muhim, Kavkazni, turizmni rivojlantirishimiz kerak. Shuning uchun, kelinglar, do‘st bo‘lib yashaymiz», - deya ma'lum qildi Qodirov.
Shuningdek, Qodirovning qo‘shimcha qilishicha, «Habib vaznini yo‘qotmoqda, u asabiylashmoqda. Shuning uchun uni tushunsa bo‘ladi». Videoga «Kim tushunmagan bo‘lsa, o‘sha tushunadi» yozuvi ham qo‘shimcha qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovni tanqid qilganlar «quturgan itlar» bilan taqqoslangandi.
Mavzuga oid

18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi

22:15 / 28.08.2024
Ramzan Qodirovning qizlari 2017 yilda Fransiyaga boshqa familiya ostida uchgani ma’lum bo‘ldi

20:36 / 17.08.2024
Ramzan Qodirov pulemyot o‘rnatilgan Tesla Cybertruck'da ko‘rinish berdi

18:33 / 15.08.2024