Tramp AQShning savdo urushlaridagi ko‘p yillik ishtiroki haqida ma'lum qildi

Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp Illinoys shtatining Granit Siti shahridagi po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha zavodda chiqish qilib, Qo‘shma Shtatlar ko‘p yillar davomida savdo urushlarida mag‘lub bo‘lib kelganini aytdi. AQSh prezidentining so‘zlari Chicago Tribune gazetasi tomonidan keltirilgan.
Trampning ma'lum qilishicha, AQSh savdo urushlarini boshlamagan, biroq «ko‘p yillar» davomida ularning ishtirokchisi bo‘ldi. Uning ta'kidlashicha, mamlakat ularda mag‘lubiyatga uchrab keldi.
«Biroq, so‘nggi bir yarim yil davomida biz g‘alaba qozonmoqdamiz. Biz qaytdik, hamda juda katta g‘alabalarga erishmoqdamiz», - dedi Tramp.
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar yetakchisining qayd etishicha, AQSh avval savdo bo‘yicha «Yer tarixidagi eng yomon kelishuvlarga» erishgan.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27