Suriya AQShni tajovuzkorlikda ayblab chiqdi

Foto: RIA Novosti / Mixail Voskresenskiy
Suriyaning Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotdagi (KQTT) doimiy vakili Bassam Sabbog‘ ma'lum qilishicha, Vashington Damashqqa qarshi tajovuzkor kampaniya olib bormoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Suriya hududida ushbu davlatga qarshi ochiq tajovuzkorlikni amalga oshirmoqda.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, AQSh boshqa davlatlarga ham o‘z pozitsiyasini o‘tkazish maqsadida siyosiy va iqtisodiy bosimni oshirmoqda.
Sabbog‘ning qo‘shimcha qilishicha, «Vashington Damashqqa qarshi o‘z tajovuzkor kampaniyasida xalqaro normalarni butunlay e'tiborsiz qoldirmoqda».
Avvalroq, Bassam Sabbog‘ Suriya barcha kimyoviy qurolni yo‘q qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajargani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

13:01