Tramp «Rossiya ishi» yakunlanmaguncha bosh prokurorni bo‘shatmaydi - CNN

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar bosh prokurori Jyeff Seshnsni «Rossiya ishi» bo‘yicha surishtiruvlar yakunlanmaguncha ishdan bo‘shatmaydi. Bu haqda CNN telekanali davlat rahbarining advokati Rudolf Juliani bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Albatta, Tramp Seshnsdan shikoyat qildi. Trampda Seshnsdan norozi bo‘lishga qator sabablar bor. Ular bu haqda gaplashgani yoki gaplashmaganini bilmayman, biroq u surishtiruv yakunlanmagunga qadar uni ishdan bo‘shatmaydi», - deya aytib o‘tgan Juliani.
Shuningdek, yuristning ta'kidlashicha, uning fikricha, prezident bosh prokurorni ishdan bo‘shatishi kerak emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh adliya vaziriga «Rossiya ishi» bo‘yicha talab qo‘ygani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27