«Bavariya» dramatik o‘yinda Germaniya Kubogini boy berdi

Germaniyada mamlakat kubogi finali o‘tkazildi.
Berlinda «Bavariya» va «Ayntraxt» klublari bellashdi. 11-daqiqada Rebich «Ayntraxt»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 2-bo‘lim boshida Levandovski javob to‘pini darvozaga yo‘lladi.
82-daqiqada Rebich himoyachilar xatosidan foydalanib, yana bir gol urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda, myunxenliklarning hatto posboni ham hujumga o‘tib ketganidan foydalangan Gachinovich bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilib, yakuniy hisobning 1:3 bo‘lishini ta'minladi.
Bu Yupp Haynkes uchun «Bavariya»dagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, uning o‘rnini aynan «Ayntraxt» bosh murabbiyi Niko Kovach egallaydi.
Germaniya Kubogi, Final
Bavariya – Ayntraxt F 1:3 (0:1, 1:2)
19 may, «Olimpiyashtadion»
Gollar: 0:1 – 11 Rebich, 1:1 – 53 Levandovski, 1:2 – 82 Rebich, 1:3 – 90+6 Gachinovich.
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Martines, Alkantara (Tolisso, 64), Kimmix, Xames, Riberi (Vagner, 87), Myuller (Koman, 70), Levandovski.
Ayntraxt F – Gradetski, Abraam, Villems, da Koshta, Salsedo, Maskarel, de Guzman (Russ, 74), Volf (Gachinovich, 60), Boateng, Rebich (Aller, 89), Xasebe.
Ogohlantirishlar: Salsedo (7), Levandovski (37), Xasebe (45), Villems (45), Rebich (82), Koman (86).
Mavzuga oid

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi

11:09 / 23.01.2025
«Siti» superkambek qurboni, «Real» 5 ta gol urdi, «Bavariya»da yirik mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

10:10 / 11.12.2024