Afg‘onistonda yana portlash, 11 o‘quvchi halok bo‘ldi

Foto: AP / Massoud Hossaini
Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida xudkush terrorchi tomonidan portlovchi qurilma harakatga keltirildi, madrasada tahsil oluvchi 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TOLOnews telekanali mahalliy ma'muriyatga asosan xabar qilmoqda.
Portlash xorijiy qurolli kuchlar konvoyi yonida yuz berdi. Pajvak agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, portlash ruminiyalik harbiylar konvoyiga qarshi qaratilgan bo‘lgan, ular mamlakatda NATO missiyasi doirasida bo‘lib turibdi. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida olti harbiy xizmatchi jarohat oldi.
Hozircha mintaqada harakat qilayotgan hech bir guruh portlash uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmadi.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025