KXDR va Janubiy Koreya nimalar haqida kelishib oldi?
Janubiy Koreya va KXDR munosabatlarni yaxshilaydi. Bu haqda Koreya Respublikasi hamda Shimoliy Koreya yetakchilari sammiti yakunlari bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyada aytilgan.
"Shimol va Janub munosabatlarni to‘la va keng ko‘lamli yaxshilash hamda rivojlantirishga erishishga harakat qiladi va shu tariqa bo‘lajak qo‘shma farovonlik hamda birlashuvni yaqinlashtiradi", - deya aniqlik kiritiladi hujjatda.

Shuningdek, KXDR va Janubiy Koreya may oyida generallar darajasida harbiy masalalarga yechim topish bo‘yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun muzokaralar o‘tkazadi.
"Janub va Shimol ikki tomon o‘rtasidagi harbiy masalalarni batafsil hal etish uchun harbiy yo‘nalish bo‘yicha muzokaralarni ko‘proq o‘tkazishga kelishib oldi. Jumladan, bu mudofaa vazirlari ishtirokida ro‘y beradi. May oyi davomida generallar darajasida harbiy muzokaralar mo‘ljallanmoqda", - deya ta'kidlangan hujjatda.

Bundan tashqari, KXDR va Janubiy Koreya ishonch o‘rnatilgani sari qurollarni bosqichma-bosqich qisqartirishga kelishib oldi.
"Janub va Shimol harbiy keskinlik pasayib borgani sayin qurollarni bosqichma-bosqich qisqartirishga kelishib oldi. Bu harbiy sohada o‘zaro ishonch o‘rnatilishi uchun kerak", - deyilgan hujjatda.

Shuningdek, yangiliklardan biri – KXDR va Janubiy Koreya bir biriga qarshi dushmanlik kayfiyatidagi harakatlarni to‘xtatadi. Ular quruqlikda, dengiz va havoda o‘zaro to‘qnashuvga sabab bo‘lishi mumkin.
"Janub va Shimol Koreya yarim orolda harbiy keskinlikni pasaytirish uchun qo‘shma sa'y-harakatlarni amalga oshiradi. Bu urush tahdidini yo‘qotish uchun kerak", - deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, KXDR va Janubiy Koreya hujum qilmaslik va bir biriga qarshi qurolli kuchlarni qo‘llamaslik to‘g‘risidagi kelishuvlarni tasdiqlaydi hamda ularga rioya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaga tashrif vaqtida Kim Chen In avtomobiliga 12 nafar yugurayotgan qo‘riqchi hamrohlik qilgani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

22:17 / 10.03.2025
KXDR Yaponiyadan 1945 yilda o‘ldirilgan koreyslarning qarindoshlaridan kechirim so‘rashni talab qildi

17:19 / 10.03.2025
KXDR Sariq dengiz tomon ballistik raketalar uchirdi

12:37 / 10.03.2025