«Rossiya ovozini o‘chirishi kerak» - Britaniya mudofaa vaziri

Foto: Reuters
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Moskvaning Britaniyadan bo‘lgan diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha javob choralari haqidagi va'dasini izohladi va unga «ovozni o‘chirishni» maslahat berdi. Bu haqda Sky News xabar qilmoqda.
«Biz qiladigan narsa – Rossiya bizning xatti-harakatlarimizga qanday javob berishini ko‘rish. Rossiya Solsberida uyushtirgan holat, bu shafqatsiz va yaramas akt. Biz bunga javob qaytardik. Rostini aytsak, Rossiya chetga chiqishi va ovozini o‘chirishi kerak», - deya ma'lum qildi Uilyamson.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq RF TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya ham britaniyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

18:18 / 15.03.2025
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

14:34 / 15.03.2025
Xitoy, Rossiya va Eron barcha noqonuniy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

11:40 / 15.03.2025