Skripal ishi. Vaziyatga NATO bosh kotibi ham aralashdi

Foto: Vegard Wivestad Groett/NTB Scanpix/Reuters
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning Britaniya TIV rahbari Boris Jonson bilan suhbat chog‘ida ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishida Rossiya izi bor ekaniga oid xavotirlarini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda mahkama saytida xabar qilinadi.
«TIV rahbari NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan suhbatlashib, NATO mamlakatlari Rossiya tomonidan kelayotgan tahdid oldida birdam bo‘lishi muhim ekanini ta'kidlab o‘tdi. Bu tahdid nafaqat Buyuk Britaniya, balki bizning NATO bo‘yicha ittifoqchilarimizning xavotiriga ham sabab bo‘lmoqda», - deya xabar qilinadi saytda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik senator Jon Makkeyn Rossiya prezidenti Vladimir Putin GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalga uyushtirilgan hujum uchun mas'ul ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

12:05 / 15.03.2025
Litva NATO yadro qurolini o‘z hududida joylashtirishga tayyor

16:25 / 13.03.2025
Zelenskiy otashkesimga rozi, Putin-chi?

15:23 / 07.03.2025
Zelenskiyning afsusi, Putinning talablari va so‘roq ostidagi NATO - geosiyosiy hafta tahlili

21:16 / 05.03.2025