Litva NATO yadro qurolini o‘z hududida joylashtirishga tayyor
Litva mudofaa vaziri mamlakat konstitutsiyasini yadroviy qurolga ega bo‘lishiga ruxsat berish uchun o‘zgartirishga tayyor ekanini aytdi.

Foto: AP
Litva, agar NATO ittifoqchilari o‘z hududida yadro qurolini joylashtirishni taklif qilsa, konstitutsiyasini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. "Biz Litvada yadro qurolini yoki uning tarkibiy qismlarini joylashtirish bo‘yicha real rejalar kelib tushsa, konstitutsiyani o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqishimiz mumkin", dedi mamlakat mudofaa vaziri Dovile Shakalene 14 mart, juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Litva Konstitutsiyasining 137-moddasi ushbu davlat hududida ommaviy qirg‘in qurollari va xorijiy harbiy bazalarni joylashtirishni taqiqlaydi. Biroq, hali hech kim Vilnyusda yadroviy qurolni joylashtirishni taklif qilmagan, dedi Shakalene.
Litva kassetali o‘q-dorilar bo‘yicha konvensiyadan rasman chiqdi
Litva ushbu turdagi qurollarni ishlab chiqarish, foydalanish va topshirishni taqiqlovchi kassetali o‘q-dorilar to‘g‘risidagi konvensiyadan rasman chiqdi, deb xabar berdi Litva milliy radio va televideniyesi (LRT) 6 mart kuni.
Xalqaro shartnomadan chiqish haqidagi qaror Litva parlamenti tomonidan 2024 yilning yozida qabul qilingan edi. Keyinchalik, Litva hukumati BMTga zarur hujjatlarni yubordi va shu bilan konvensiyadan chiqish tartibini boshladi.
Kassetali o‘q-dorilar to‘g‘risidagi konvensiya 2010 yilda kuchga kirgan, biroq qator davlatlar, jumladan, AQSh, Rossiya va Xitoy hali unga a’zo bo‘lmagan.
Mavzuga oid

21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda

15:31 / 16.04.2025
Yevropa Ittifoqi mayda tangalardan voz kechmoqda

08:40 / 16.04.2025
NATO bosh kotibi Odessada: Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etadi

20:56 / 08.04.2025