Melanya Trampning ota-onasi AQShda doimiy yashash maqomini oldi

Foto: Getty Images
AQSh birinchi xonimi Melanya Trampning ota-onasi, Sloveniyada tavallud topgan Viktor va Amaliya Knavs Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashash maqomini (grinkarta) oldi. Bu haqda oilaviy juftlik advokati Maykl Uilds ma'lum qilgan.
U qandaydir qo‘shimcha izohlar berishdan bosh tortgan.
Advokatning bayonoti prezident Trampni yana tanqid qilishlariga olib keldi. "AQShdagi deyarli har bir oila Tramp "o‘ldirishni" xohlagan immigratsion dasturlarga bog‘langan. Hattoki Trampning oilasi ham bunga aloqador", - deya ma'lum qildi kongressmen-demokrat Luis Guteres Melanya Trampning ota-onasiga grinkarta taqdim etilgani bo‘yicha fikr bildirib.
Hozirda qonuniy maqomga muhojirlar mamlakatga o‘z qarindoshlari, jumladan eri yoki xotini, farzandlari, aka-ukalari va opa-singillari kirishi uchun petitsiya berish huquqiga egalar. Melanya Trampning ota-onasi ham qonunchilikdagi aynan shu normadan foydalangan.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27