Isroil moliya vaziri Falastin bosh vaziri bilan uchrashdi

Foto: AFP 2018 / Ahmad Gharabli
Isroil moliya vaziri Moshe Kaxlon 19 fevralda Falastin bosh vaziri Rami Hamdalloh va moliya vaziri Shukri Bishar bilan uchrashganini ma'lum qildi. Ushbu uchrashuv AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qaroridan keyin tomonlarning eng yuqori darajadagi aloqasi bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, bunday formatdagi aloqalar muntazam o‘tkazib kelinadi va odatda iqtisodiy hamkorlik masalalariga qaratiladi.
Kaxlon falastinliklarni Isroil bilan deyarli 4 yil avval uzilib qolgan tinch muzokaralarni tiklashga va AQSh vositachiligini rad etmaslikka chaqirganini ma'lum qilgan.
O‘z navbatida Falastinning VAFA axborot agentligi uchrashuvda qolgan masalalar qatorida Isroil hukumatining turar joylar qurishi qarori muhokama qilinganini ma'lum qilgan.
“Falastin tomoni Isroil hukumati G‘azo sektoridan blokadani olish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi va G‘azo sektorida iqtisodiy sharoitlarni yengillashtirish va iqtisodiy hayotni jonlantirish uchun odamlar va mahsulotlarning shimoliy va janubiy hududlar hamda G‘azo va tashqi dunyo orqali o‘tishi uchun ko‘mak ko‘rsatishi zarurligini ta'kidlab o‘tgan”, deb aytilgan VAFA xabarida.
Falastinliklar AQSh prezidenti Donald Tramp 2017 yil oxirida Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qilgandan keyin AQSh xizmatlaridan voz kechgandilar.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025