Navoiylik talaba issiqxona haroratini nazorat qiluvchi qurilma yaratdi

Foto: Xalq so‘zi
Navoiylik talaba issiqxona haroratini nazorat qiluvchi qurilma yaratdi. U mahalliy tomorqa egalariga nihoyatda ma'qul bo‘lmoqda, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Navoiy davlat Konchilik instituti magistri Abduhalil Samadovning izlanishi tufayli kashf etilgan ushbu agroinnovatsiya issiqxonada yilning to‘rt fasli sutkaning istalgan vaqtida zarur bo‘lgan mo‘'tadil haroratni ta'minlay oladi.
Ixtirochining izohlashicha, qurilmada maxsus datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, issiqxonani isitish va salqinlatish ishlari avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ushbu qurilmaning uzunligi 15, eni 10 metr bo‘lgan issiqxonaga o‘rnatish xarajati o‘rtacha 3 million so‘m atrofida.
Qurilma, ayniqsa, mahalliy tomorqa egalariga nihoyatda ma'qul bo‘lmoqda. Qolaversa, uning issiqxonadagi namlikni ham nazorat qila olishi o‘simliklarning turli kasalliklarga chalinishining ham oldini oladi. Mazkur jarayon tuproq ostiga o‘rnatilgan sezgir elementlar orqali amalga oshirilib, qayerga va qancha namlik kerakligi haqida boshqaruv pultini boxabar qiladi.
Mavzuga oid

10:45 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxonalar aniqlandi

08:23 / 13.02.2025
Dudburondan foydalanish qoidalarini buzgan 103 ta issiqxona faoliyati to‘xtatildi

11:26 / 26.01.2025
“Kam bo‘lganimiz yo‘q”: qishda ham qulupnay va rediska yetishtirib sotayotgan quvalik dehqon

14:43 / 23.01.2025