Shavkat Mirziyoyev Anqaraga yetib bordi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga yetib bordi. «Anadolu» agentligi xabariga ko‘ra, prezident mingan samolyot Anqaraga qo‘ngan.
O‘zbekiston prezidentini «Esenbog‘a» aeroportida Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ va boshqa rasmiy shaxslar kutib olishgan.
Aeroport ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan. O‘zbekiston delegatsiyasi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida Anqaradagi prezident qarorgohida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, global hamda mintaqaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Istanbul shahriga ham tashrif buyuradi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar uchun qulay sharoitlar yaratish, sayyohlar almashinuvi va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga qaratilgan ko‘plab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi

01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda

20:55 / 23.10.2024
Anqara yaqinidagi harbiy zavodga hujum qilganlar yo‘q qilindi

11:20 / 26.05.2024